Izlash

“Dunyo tomi” Pomirda. Yozgi jahon etno-musiqa festivali Tojikistonda bo‘lib o‘tadi

Joriy yozda Xorog markaziy parkida ikki kun davomida etno-musiqa yangraydi — bu yerda jonli etnik musiqa sohasidagi eng yirik  tadbir – «Dunyo tomi» 18-Xalqaro madaniyat va turizm festivali o‘tkaziladi. Tog‘li Badaxshon poytaxtida bo‘lib o‘tadigan ushbu musiqiy bayramga minglab mehmonlar nafaqat Tojikistonning turli hududlaridan, balki yaqin va uzoq xorij davlatlaridan ham tashrif buyurishadi. Festival “Dunyo tomi” […]

«Ollohning yerdagi maskani». Qashqadaryodagi muqaddas Langar Ota majmuasi yana ziyoratchilar va sayohatchilar uchun ochildi

XV asrga oid tarixiy, diniy va me’moriy yodgorlik — Langar Ota — Qashqadaryo viloyatining Katta Langar qishlog‘ida, Hisor tizmasi etagida joylashgan. U shaharning shovqinidan, mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan chekkada; xuddi tinchlik izlagan qalblar uchun yashiringan maskandek. Majmuadagi masjid va maqbara 1448-yilga oid. Bu yodgorlik biror marta restavratsiya qilinmagan bo‘lsa-da, vaqt o‘z izini qoldirgan. Uzoq kutilgan tiklash […]

Qozog‘istonning Jetisu hududida Chingizxon jangchilari tomonidan yoqib yuborilgan qadimiy shahar xarobalari topildi

Qozog‘iston janubidagi tarixiy Jetisu hududida o‘rta asrlarga oid erigan g‘ishtlardan iborat xarobalar topildi. Arxeologlarning taxminiga ko‘ra, bu shahar XIII asrda mo‘g‘ullar istilosi davrida vayron qilingan. Olimlar bu topilmani so‘nggi yillardagi eng muhim arxeologik kashfiyotlardan biri deb atashmoqda. Aftidan, qadimiy shahar Buyuk Ipak yo‘lining bir tarmog‘idagi muhim savdo markazi bo‘lgan. U orqali Xitoydan Markaziy Osiyoga, undan […]

Eh qovun, maza qovun! Turkmanistonda poliz malikasi sharafiga Gawun baýramy bayrami nishonlanadi

Turkman qovuni kuni har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida Ashxobodda o‘tkaziladi. Bu yil ushbu sana 10-avgustga to‘g‘ri keladi. Turkmanlar uchun bu milliy bayram, biroq mamlakatning qovun yetishtiruvchilari uni o’zgacha quvonch bilan nishonlaydi. Bu bejiz emas: dunyodagi qovun hosilining to‘rtdan bir qismi Turkmanistonda yetishtiriladi. Aniqroq aytganda: hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 1 600 dan ortiq qovun navi […]

Nofin — Haftko‘l kaskadidagi eng uzun ko‘l

U Marguzor ko‘llari zanjirining to‘rtinchisi, mahalliy aholining aytishicha, eng chiroyli va sirli ko‘llardan biri. Nomi ham o‘ziga xos — Nofin, tojik tilida bu so‘z “kindik” degan ma’noni bildiradi. Ko‘l zanjirning markazida joylashgan bo‘lib, u go‘yo tog‘lar va suvlar o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘inga o’xshaydi. Uning uzunligi 2,5 kilometrdan oshadi. Nofin dengiz sathidan 1840 metr balandlikda joylashgan, suv […]

Gushor ko‘li — Fan tog‘larining hushyor qo‘riqchisi

Qoyali yonbag‘irlar va tik daralar oralig‘ida sokin yastanib yotgan ko‘l bor, uning nomi go‘yo ogohlantirayotgandek yangraydi. Gushor — tojik tilidan “hushyor”, “bedor” deb tarjima qilinadi. U o‘z qirg‘og‘iga yaqinlashishga jur’at qilgan har bir kishini go‘yo zimdan kuzatayotgandek tuyuladi. Ko‘l 1771 metr balandlikda, baland qoyalar bilan o‘ralgan holda joylashgan. Gushor dara bo‘ylab cho‘zilgan: uzunligi 810 metr, […]

Soya ko‘li: quyosh deyarli yashamaydigan maskan

Nejigon qishlog‘idan yuqoriga qarab ilonizi yo‘ldan ko‘tarilayotganimizda men doim: “Orqaga qaranglar”, – deyman. Shu nuqtadan pastdagi ko‘l go‘yo tosh kaftda siqilgan shisha ko‘zga o‘xshaydi. Ammo sal narida tabiat yana bir mo’jizasini ochadi. Uning nomi — Soya. Ko‘l qoyalar soyasida shunday joylashganki, uning sathida quyosh nuri deyarli ushlanib qolmaydi. Hatto yozning jazirama peshinida ham uning suvi […]

Nejigon: qoyalar halqasi ichida joylashgan ko‘l

O‘n yildan ortiq vaqtdan beri men sayyohlarni Tojikiston tog‘lariga olib boraman. Agar mendan eng sevimli joying qaysi deb so‘rasangiz, ikkilanmasdan Nejigon, deb javob bergan bo‘lardim. Bu nom tojik tilidan “kiprik” deb tarjima qilinadi. Ko‘l qoyalar orasida joylashgan bo‘lib, unga qaraganingizda go‘yo yarim ochiq ko‘zga o‘xshaydi. Ko‘lning nomi ham aynan shu taassurotdan paydo bo’lgan. Bu yerga […]