Izlash

Chegarasiz san’at: Markaziy Osiyodagi birinchi xususiy zamonaviy san’at muzeyi

Mintaqa xaritasidagi yangi diqqatga sazovor maskan — Markaziy Osiyoda tashkil etilgan ilk xususiy zamonaviy san’at muzeyi, u biznesmen va kolleksioner tomonidan tashkil etilgan.
Almaty Museum of art

Almaty Museum of Arts o‘zining asoschisi — Nurlan Smagulovning shaxsiy to‘plamini namoyish etadi. Muzey fondi uchun uning kolleksiyasidan Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarga oid 700 ta san’at asari tanlab olingan.

Umumiy maydoni 10 ming kvadrat metrni tashkil etuvchi muzey binosi Britaniyaning Chapman Taylor me’morlik byurosi tomonidan loyihalashtirilgan. Birinchi qavatda «Uli dala» va «Sariarqa» nomli keng zallar joylashgan. Ekspozisiyalardan biri mashhur rassom Richard Serra ijodiga bag‘ishlangan. Art Street atriumi esa Charin kanyoni tabiiy shakllarining xarakterini aks ettiradi. Shuningdek, muzeyda zamonaviy talablarga javob beruvchi fond ombori, restavratsiya ustaxonasi hamda «Sheberxana» ijodiy maydoni ham mavjud. Mehmonlar uchun kutubxona, kafe va do‘kon ham tashkil etilgan.

Ikkinchi qavat esa zamonaviy san’at ustalariga bag‘ishlangan. Bu yerda Yayoi Kusama (Yaponiya), Bill Viola (AQSh), Anselm Kifer (Germaniya) va boshqa ko‘plab rassomlarning asarlari namoyish etiladi. Shuningdek, bu yerda «Alatau» zali hamda o‘zgaruvchan formatdagi «Al-Farobiy» maydoni joylashgan.

Slide 1

Yayoi Kusama (Yaponiya), “Cheksizlik xonasi” installyatsiyasi.

Surat: Aleksey Poptsov

Slide 2

Bill Viola (AQSh), “Stansiya” installyatsiyasi, 1994 yil.

Surat: Aleksey Poptsov

Slide 3

Yinki Shonibare (Hindiston), “Shamol haykali II” (Sculpture of Wind II)

Surat: Aleksey Naroditskiy


Binodan tashqarida esa obodonlashtirilgan yashil hududga — ochiq osmon ostidagi ekspozitsiyaga chiqish mumkin. Bu yerda haykallar, favvoralar va dam olish hududlari joylashgan bo‘lib, ular san’at va hordiq uchun uyg‘un muhitni yaratadi.

Alisiya Kvade (Polsha), “Sayyoralarning paradi II” (Para Pivot II) installyatsiyasi
Surat: Aleksey Naroditskiy

«San’at mening hayotimga katta ta’sir ko‘rsatgan, chin dildan umid qilamanki, Almaty Museum of Arts boshqalar uchun ham shunday ilhom manbaiga aylanadi», — deydi muzey asoschisi, tadbirkor va homiy Nurlan Smagulov.

Almaty Museum of Arts dushanba kunidan tashqari har kuni soat 11:00 dan 20:00 gacha (kirish 19:00 gacha) ishlaydi.

Standart chipta narxi — 2 000 tenge (taxminan 3,69 AQSh dollari).

Aloqador Maqolalar