Izlash

DITE-2025: Travel+Leisure Central Asia Tojikistonda

Travel+Leisure Central Asia tahririyati birinchi marta yirik voqea – Dushanbeda bo‘lib o‘tgan xalqaro turizm ko‘rgazmasi DITE-2025ning bir qismi bo‘ldi.

Bizning stendimizga bo‘lgan qiziqish kutilgandanda ko’proq bo’lda. Umuman olganda, uch kun davomida ko‘rgazmaga 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.

Jurnalning yangi sonlari alohida e’tibor qozondi: 2 mingdan ortiq nusxa Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Turkiya, BAA, Saudiya Arabistoni, AQSh, Eron, Pokiston, Baxrayn, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Marokash kompaniyalari vakillari orasida tarqatildi.

«Bir yil ichida bizning jamoamiz Qozog‘iston va O‘zbekiston bo‘ylab 30 000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi, – dedi nashr rahbari. – Olmati va Shimbulakdan tortib Charyn kanyonigacha, Kolsay va Kaindy ko‘llarigacha, Altay tog‘lari joylashgan Sharqiy Qozog‘istonning deyarli barchasi. Farg‘ona vodiysini Shoximardongacha tadqiq qildik, qadimiy Xiva va Buxoro shaharlarida bo‘ldik. Markaziy Osiyo dunyo turistik xaritasida tobora ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda. Bugun esa biz yangi yo‘nalishni ochmoqdamiz – Tojikistonni».

Travel+Leisure Central Asia o‘z maqsadini davom ettirmoqda – sayohatlarga ilhom berish va yangi marshrutlar, taasurotlar va ufqlarni izlayotganlarga mintaqaning boyliklarini ochib berish.

Aloqador Maqolalar