Izlash

Chegarasiz san’at: Dubay va uning raqamli haqiqatı

Bu yerda san’at ko‘chalarga chiqadi, an’anaviy galereyalar immersiv muzeylar va VR-installyatsiyalar bilan yonma-yon joylashgan. An’analar va texnologiyalarning mukammal uyg‘unligi shahar hayotining bir qismiga aylangan.

Visit Dubai ko‘magida

Art Dubai Digital

Bu Yaqin Sharqdagi eng yirik Art Dubai yarmarkasining zamonaviy texnologik yechimlarga bag‘ishlangan bo‘limi hisoblanadi. U har yili butun dunyodan mutaxassislarni to‘playdi, ular zamonaviy texnologiyalar orqali kelajak mavzularini – ekologiyadan tortib ijtimoiy masalalargacha – tadqiq etadilar. Platforma raqamli ijoddagi innovatsiyalarni namoyish etib, yangi san’at turlari bilan qiziqadigan rassomlar va kolleksionerlarni jalb qiladi.

The Museum of the Future (Kelajak muzeyi)

Bu an’anaviy ma’nodagi galereya bo‘lmasa-da, uning ko‘rgazmalari va installyatsiyalari alohida e’tiborga loyiq. Bosh me’mor Shon Killaning so’zlariga ko’ra, binoning elliptik shakli Dubayning kelajakka bo‘lgan qarashini ifodalaydi. National Geographic jurnali uni dunyodagi 14 ta eng chiroyli muzeylar ro‘yxatiga kiritgan. Muzey ekspozitsiyalari VR va AR yordamida yaratilgan bo‘lib, kelajak jamiyati, san’ati va texnologiyalarini ko‘rish imkonini beradi.

Kelajak muzeyi

Arte Museum Dubai (Dubayning san’at muzeyi)

Immersiv san’at maydoni Dubai Mall savdo markazida joylashgan bo‘lib, 2 700 kv.m.dan ortiq maydonni egallaydi. Tashrif buyuruvchilar uchun “Abadiy tabiat” (Eternal Nature) mavzusida birlashtirilgan 14 ta art-zona ochilgan. Tomoshabinlar tropik o‘rmonlardan tortib suv osti chuqurliklarigacha bo‘lgan hayratlanarli olamlarga sayohat qilishadi. Zamonaviy texnologiyalar va sensor tizimi tufayli bu tajriba yanada jonli bo‘ladi.

Dubai Theatre of Digital Art (Dubay raqamli san’at teatri)

Madinat Jumeirah majmuasida joylashgan Raqamli san’at teatri (TODA)da klassik asarlar multimediya shousiga, tomoshabinlar esa go‘yo kartinaning bir qismiga aylanadilar. Bu yerda odatiy ramkalar yoki stendlar yo‘q – rassomlarning ishlari pol va shiftgacha barcha yuzalarga proyeksiya qilinadi.

TODA raqamli san’atning turli formatlarini, jumladan, musiqalar, vizual effektlar va atrofni o‘rab oluvchi ovoz bilan birga immersiv installyatsiyalarni birlashtiradi. VR-installyatsiyalar tashrif buyuruvchilarga kartina yoki ekspozitsiya ichiga kirishga imkon beradi. Teatr, shuningdek, buyuk rassomlar – Kazimir Malevich, Ivan Shishkin yoki Natalya Goncharovaning ijod jarayonini “pardalar ortidan” ko‘rishga imkon yaratadi. Bu yerda musiqa, yoga va meditatsiya ixlosmandlari muntazam to‘planadi, bolalar va kattalar uchun badiiy mahorat darslari o‘tkaziladi.

Alserkal Avenue (Alserkal hiyoboni)

Avval sanoat hududi bo‘lgan Al-Kuoz endi galereyalar, festival va zamonaviy kafe-restoranlarga ega mashhur art-kvartalga aylangan. Ko‘rgazmalar va festivallardan tashqari, bu yerda eL Seed studiyasiga kirish, The Flip Side vinil do‘konidan plastinkalar topish yoki Zerzura Rare Books do‘konida noyob kitoblarni topish mumkin.

Alserkal hiyoboni

Zenon

Kempinski Central Avenue Hotel’dagi zamonaviy restoran va dam olish maskani bo’lib, bu yerda sun’iy intellekt, golografik san’at va mualliflik oshxonasi kelajak muhitini yaratadi.

XVA Gallery

Tarixiy Al Fahidi tumanidagi ushbu san’at maydoni Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyo rassomlarining asarlarini aks ettiruvchi go’zal hovlilarga ega tarixiy binolarda joylashgan galereya, butik mehmonxona va kafeni birlashtiradi.

Aloqador Maqolalar