Joriy yozda Xorog markaziy parkida ikki kun davomida etno-musiqa yangraydi — bu yerda jonli etnik musiqa sohasidagi eng yirik tadbir – «Dunyo tomi» 18-Xalqaro madaniyat va turizm festivali o‘tkaziladi. Tog‘li Badaxshon poytaxtida bo‘lib o‘tadigan ushbu musiqiy bayramga minglab mehmonlar nafaqat Tojikistonning turli hududlaridan, balki yaqin va uzoq xorij davlatlaridan ham tashrif buyurishadi.
Festival “Dunyo tomi” nomi bilan mashhur bo‘lgan Pomir tog‘ida bo‘lib o‘tadi. Aynan shu epitet ushbu go‘zal musiqiy anjuman nomi uchun tanlangan. Qolaversa, pomirliklarning o’zi hayotni musiqasiz tasavvur qila olmaydi. Musiqa ularning har bir qadamida; bu yerda kuylashni, raqsga tushishni yoki musiqa asboblarini chalishni bilmaydigan odamni topish deyarli imkonsiz.
O‘z san’atini namoyish etish uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, AQSh va Germaniyadan folklor jamoalari keladi. Tashkilotchilar turli madaniy va badiiy ifodalar olamiga to‘liq sho‘ng‘ish kafolatlanishini e’lon qilgan.
Festival dasturi boy va rang-barang. Unda mehmonlar an’anaviy raqslar, musiqa va teatrlashtirilgan chiqishlarni tomosha qilish bilan birga, pomirliklarning ekzotik oshxonasidan ta’tib ko‘rishlari, yarmarkalarda etnik musiqa asboblari va amaliy san’at buyumlarini xarid qilishlari mumkin. Yosh musiqachilar tajribali ustozlardan mahorat saboqlarini olsa, ishtirokchi mamlakatlar o‘z urf-odatlari va madaniyati haqida tematik hujjatli filmlarni namoyish etishadi.
Festivalning taxminiy sanasi — 2025-yil 19–20 iyul kunlari.