Izlash

Eksklyuziv: Sofi Terner o‘z sayohat uslubi haqida: “Samolyotda Gannibal Lekterga o‘xshab qolaman”

Aktrisa Sofi Terner o‘zining eng sevimli tasvir manzillari, mehmonxonadagi doimiy buyurtmasi va sayohatga oid boshqa sirlari haqida so‘zlab berdi.

Sofi Terner fentezi janrida kult darajasiga chiqqan “Taxtlar o‘yini” serialidagi Sansa Stark roli orqali tanildi. Garchi HBO seriali haligacha qayta ko‘rishga arzigulik xit maqomini saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, aktrisaning o‘zi parvoz chog‘ida yengilroq tomoshani afzal ko‘radi. “Uxlab qolmasam, “Haqiqiy uy bekalari”ni ko‘raman. Hamma mavsumini bir o‘tirishda! Uni ko‘rish shart!” deydi u. Terner hammasidan ham ko‘ra “Salt Lake City” franshizasini yaxshi ko‘radi, shuningdek, “Potomac” va “Beverly Hills” mavsumlarini ko‘rishga ham jon deydi.

Travel + Leisure bilan suhbatda aktrisa sayohatlardagi asosiy masthevi (“Uy bekalari”dan tashqari), jetlagni qanday yengishi, sevimli tasvir manzili haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Suratga olishdagi sevimli manzil va Yangi Zelandiya orzusi

Garchi “Taxtlar o‘yini” sakkizta mavzumdan keyin 2019-yilda nihoyasiga yetgan bo‘lsa-da, Sofining olis va go‘zal manzillarga mehri yo‘qolmadi. Serialdan so‘ng u ko‘plab filmlarda, jumladan, “X-odamlar: Qora Qaqnus” (2019) va “Dahshat” (2024) da suratga tushib, dunyo bo‘ylab sayohat qildi.

Uning xotirasida alohida iz qoldirgan joy Islandiya bo‘ldi.

“Islandiyaning go‘zalligini so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Manzaralar, shimol yog‘dusi… U yerda yozda, qariyb kun-u tun, sutkasiga 22 soat yorug‘ bo‘lgan vaqtda suratga olish jarayonlarini olib bordik. Juda noodatiy, o‘z navbatida, o‘ta go‘zal tajriba bo‘ldi”, – deya xotirlaydi u.

Sofi borishni istagan, ammo hali nasib qilmagan joylardan biri – Norvegiya. “U yerda hech bo‘lmaganman, ammo borishni juda ham xohlardim. Uning manzaralari nihoyatda betakror”.

Sofi Terner: yo‘ldagi men

Oyna yoki yo‘lak?

Oyna! Men tez uxlab qolaman, o‘rindiq orqaga surilmaydigan bo‘lsa, biron narsaga suyanishim kerak.

Parvoz uchun obraz?

Muhim emas. Asosiysi – qulaylik. Hudi va sportcha shim. Yaqinda Akimbo Club brendidan kiyina boshladim. Juda ham yoqdi.

Parvozni nimasiz tasavvur qila olmaysiz?

Kompress paypoqlarsiz. Homilador bo‘lmasangiz ham ular juda asqatadi. Yana ba’zida jag‘ va lab uchun matoli niqoblar olaman. Naq Gannibal Lekterning o‘zi bo‘laman-qolaman, lekin menga baribir.

Hamkasblaringizdan kim bilan sayohat qilishni istardingiz?

“X-odamlar” jamoasi bilan! (Jeyms Makava, Maykl Fassbender, Jennifer Lourens, Nikolas Xols). Birgalikda dunyo bo‘ylab press turlarga uchganmiz, juda qiziqarli bo‘lgan.

Qayerga parvoz qilishni istaysiz?

Jahongashtalik borasida omadim chopgan, ko‘plab mamlakatlarni ko‘rishga ulgurdim. Ammo hech Yangi Zelandiyada bo‘lmaganman. U yerga sayohat qilishni juda ham xohlayman.

Safardagi yulduzli odatlar

Terner uzoq parvozlar va murakkab grafiklarni qanday kechiradi?

Sevimli krem va suv yordamida.

Men uchun masthev bu – Weleda Skin Food. Yana mehmonxonaga yetib borgan zahoti yaqin atrofdagi suv havzasi sari oshiqaman. Vanna, basseyn, muz idish – farqi yo‘q. Bu bo‘shashishga yordam beradi. Ayniqsa jetlagda ayni muddao. Burjim baliq, suv men uchun juda zarur. Bu xuddi qayta yuklashga o‘xshaydi. Ruhim uchun bamisoli ozuqa.

Aktrisa sevimli basseynlari qatorida Londondagi Corinthia mehmonxonasini alohida ajratib ko‘rsatadi. Ammo ochiq suv havzalariga teng keladigan yo‘q. Masalan, Misrda u haqiqiy hayratni his qilgan: “Nil qirg‘oqlarida kezib yurgandik, bir mahal hamma suvga sakray boshladi. Menimcha, bu eng unutilmas lahzalardan biri bo‘lgan”.

Uydagi kabi qulaylik

Sofining sayohat chog‘idagi sevimli odatlaridan biri – darhol xonaga ovqat buyurtma qilish. “Odatiy buyurtmam – moy va pishloqli spagetti. Bolalar ovqatlariga teng keladigani yo‘q, rosti!” – deb kuladi aktrisa va ikki nafar farzandning onasi.

Taomlanib olgach, Terner, albatta, yuklarini joylashtiradi. Bu ikki odat unga tezroq moslashish va o‘zini uydagidek his qilishga yordam beradi.

Bu yil yozda St-Germain Sen Trope va Kannda tadbirlar o‘tkazadi, Ternerning Farnsiya janubiga mehri bo‘lakcha: “U yerda ko‘p vaqtimni o‘tkazganman. O‘sha yerda turmushga ham chiqqanman (sobiq turmush o‘rtog‘I Jo Jonasga). Bu joylar bilan bog‘liq ko‘plab ajoyib xotiralarim bor. Tabiatni, odamlarni, ichimliklarini yaxshi ko‘raman. Bu romantik, go‘zal, umuman mukammal maskan”.

Aloqador Maqolalar