Ikkita restoran, qahvaxona, dengiz suvi bilan to‘ldirilgan ochiq va yopiq basseyn, SPA-salon, hammom, sauna, massaj xonalari va sog‘lomlashtiruvchi klub – barchasi mehmonlar xizmatiga muntazir.
Hordiq chiqarish uchun bouling, bilyard, 5D kinoteartr, o‘yin avtomatlari, mini golf, futbol va basketbol maydonlari mavjud. Anjumanlar zali, do‘konlar va sarataroshxona ham faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Hazar – sohil bo‘yida joylashgan eng qulay mehmonxonalardan biri bo‘lib, hordiq uchun ham, biznes tadbirlar uchun ham birdek mos keladi.
Manzil: Turkmanboshi, 745000