Izlash

Kuzgi Armaniston: sevmaslikning iloji bo’lmagan fasl

Kuzda Armaniston go’yoki yumshoq nur bilan nafas oladi. Havo tiniqlashadi, tog’lar — oltin tusga kiradi, shaharlar va qishloqlar esa o’ziga xos ritmda jonlanadi.
Tilla rangga o'rmonga o'ralgan Gerard ibodatxonasi Surat: Armaniston Respublikasi Turizm qo‘mitasi

Armaniston Respublikasi Turizm qo’mitasi ko’magida

Bu shunday paytki, mamlakat ta’mlar, ranglar va bayram ohanglariga to’ladi – har bir kun bu yerda kichik bir sayohatga aylanadi.

Mamlakatning oltin ranglar majmuasi

Ranglarning cheksiz o’yini butun mamlakatni qamrab oladi: uzumzorlar va tog’ o’rmonlari sarg’ishdan to to’q qizilgacha jilolanadi, o’tloqlar va yaylovlar esa iliq quyosh ostida gilamdek yoyiladi. Turistlar oqimi kamayadi, yo’llar tinchroq bo’ladi, ammo taassurotlar – yanada ko’proq bo’ladi.

Aynan kuzda mamlakat chinakamiga ochiladi: osoyishta, mehmondo’st, mo’l hosilning ta’mlari va hidlariga to’lgan.

Parz ko’lining suvlarida aks etgan Dilijan bog’ining kuzgi ranglari Surat: Armaniston Respublikasi Turizm qo‘mitasi

Oltin tepaliklar ustidagi parvozlar

Kuzgi osmon yanada tiniqlashgan payt – mamlakatni balandlikdan tomosha qilishning eng qulay vaqti. Oktabr oyida Yerevan va vodiylar ustidagi osmonni o’nlab havo sharlar to’ldiradi, chunki bu yerda Discover Armenia from the Sky (“Osmon uzra Armanistonni kashf et”) Xalqaro festivali o’tkaziladi. Yorqin sharlar poytaxtdagi Respublika maydoni va manzarali tog’lar uzra ko’tarilib, ko’z uzib bo’lmaydigan manzarani yaratadi.

“Discover Armenia from the Sky” festivali davomida havo sharlaridagi parvozlar Surat: Armaniston Respublikasi Turizm qo‘mitasi

Yana-da ko’proq hissiyotlarni izlayotganlar uchun esa – Sevan ko’li yoki Azat suv ombori ustida paraplanda uchish tavsiya etiladi. Suvda aks etgan kuz manzaralari va quyosh botishining mayin nuri bu ko’rinishlarga haqiqiy sehr bag’ishlaydi.

Tabiat bag‘rida

Yerda sayohatni afzal ko’ruvchilar Dilijan milliy bog’iga yo’l olish lozim – bu yerda o’rmonlar oltindek jaranglaydi, so’qmoqlar esa osmonni oynadek aks ettiruvchi Parz va Gosh ko’llariga olib boradi.

Lori mintaqasi – bu Stepanavan dendroparki bo’ylab sayr qilish joyi bo’lib, u yerda 500 dan ortiq turdagi daraxtlar asalrangdan to to’q qizilgacha bo’lgan o’nlab tuslarga bo’yaladi.Mineral manbalari va sharsharalari bilan mashhur Jermuk esa quvvat manbaiga aylanadi: bu yerda shunchaki tog’ soylarining shovqinini tinglab, kuzning nafasini his qilging keladi.

Dilijan milliy bog’idagi tong manzarasi Surat: Armaniston Respublikasi Turizm qo‘mitasi

Bayramlar, vino va iliq uchrashuvlar

Kuzda hayot bayramlar ohangida oqadi. 4-oktabr kuni Areni Wine Festival – vino, musiqa va raqslarning rang-barang bayrami bo’lib o’tdi. Unda o’nlab turdagi ichimliklarni ta’tib ko’rish, vino ishlab chiqaruvchilar bilan tanishish va qishloq muhitini his qilish mumkin edi.

Areni Wine Festivalda vino ta’tib ko’rish marosimi Surat: Armaniston Respublikasi Turizm qo‘mitasi

Aynan shu kuni Yerevan ham energiyaga to’ldi – miloddan avvalgi 782-yilda asos solingan qadimiy poytaxt ko’chalarida har yili o’tkaziladigan marafon bo’lib o’tdi, bu esa kuzni harakat va ilhom bayramiga aylantirdi.

Vino, xapama va iliq oqshomlar

Yerevanda o’ziga xos iliq va qulay kayfiyat hukm suradi: kichik vino barlari va kafelar mehmonlarni bir bokal arman vinosi hamrohligida an’anaviy taomlarni ta’tib ko’rishni taklif etadi. Ammo haqiqiy sehr poytaxt tashqarisida – vino zavodlarida boshlanadi. Bu yerda oqshomlar quyosh uzumzorlar ortiga sekin botayotgan payt – jonli musiqa sadolari ostida, pishloq likopchasi va qo’lda bir bokal vino bilan o’tadi.

Hosil yig’im-terimi mavsumida ba’zi xo’jaliklar mehmonlar uchun eshiklarini ochadi – bu yerda siz o’zingiz ham uzum terimida qatnashib, arman kuzining hidi va iliqlikka to’la haqiqiy ruhini his qilishingiz mumkin.

Milliy oshxonaning alohida o’rinni xapama egallaydi – bu guruch, quritilgan mevalar, asal va saryog’ bilan birgalikda pishirilgan xushbo’y qovoqdir. Uni odatda bayram kunlari, yaqinlar bilan quvonchli onlarni baham ko’rmoqchi bo’lganda tayyorlashadi.

Armanistonning milliy bayram taomi – pishirilgan qovoqdan tayyorlanadigan xapama Surat: Armaniston Respublikasi Turizm qo‘mitasi

Iliq kunlar, yorqin manzaralar hamda vino va madaniyatga bag‘ishlangan festivallar kuzgi Armanistonni ta’m, nur va mehmondo‘stlik mamlakatiga aylantiradi.

Aloqador Maqolalar