Izlash

Qahvaxona So‘zangaron karvonsaroyidagi eski masjid binosida joylashgan. Uni Labi Hovuz me’morchilik ansambli va taniqli savdo gumbazlaridan bir necha daqiqalik masofa ajratib turadi.

Taomnomada o‘zbek va yevropacha taomlarni birdek topish mumkin. Shirinliklar qahvaxonaning o‘z qandolatxonasida tayyorlanadi.

Qahvaxona ayvonidan Eski shaharning ajoyib manzarasi ko‘zga tashlanadi. 10 yildan oshiqdirki Le Bonnet oldida jonli ijro qiluvchi saksofonchi alohida e’tiborga molik jihat hisoblanadi. Bu afsonani tinglash uchun butun Buxorodan va boshqa shaharlardan ham tashrif buyurishadi.

Manzil: Buxoro, Gavkushon ko‘chasi, Eski shahar, 2-gumbaz, “Malika” mehmonxonasi ro‘parasida

Aloqador Maqolalar