Izlash

Mehmonxonada yuk tashuvchiga qancha choychaqa berish kerak?

AQSH bo‘ylab sayohat qilyapsizmi yoki ummon ortiga safarga otlandingizmi? Katta ehtimol bilan yuk tashuvchi xizmatidan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi. Hamyoningizda qancha pul borligi ahamiyatsiz, gap choychaqa haqida borganda tartib-qoidani bilish lozim.

Xorijda choychaqa

Ko‘plab mamlakatlarda xizmatchilar doim ham mijozdan choychaqa kutishmaydi. Shuning uchun oldingizda mayda pul bo‘lmasa, yuk tashuvchi xafa bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, minnatdorlik sifatida bir necha dollar berish dunyoning deyarli barcha nuqtalarida o‘rinlidir. Ustiga-ustak, ko‘plab mamlakatlarda AQSH dollari mahalliy valyuta bilan teng ko‘riladi.

Mayda pul topilmasa-yu, yuk tashuvchi vazifasini astoydil bajargan bo‘lsa, safar so‘ngida uni topib, choychaqani shaxsan qo‘liga topshirish to‘g‘ri bo‘ladi.

AQSHda choychaqa

Mehmonxona xizmatchilari odatda minimal ish haqidan kamroq maosh oladigan Qo‘shma Shtatlarda choychaqa daromadning muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun yuk tashuvchidan yirik pulni maydalab berishini bexijolat so‘rash mumkin.

“Biz naqd pulga ishlaymiz, shuning uchun qaytim har doim topiladi”, – deydi Nyu-York mehmonxonalaridan birida ishlovchi yuk tashuvchi.

Pulni maydalash imkoni bo‘lmasa, yuk tashuvchining ismini so‘rab olib, ketar oldi ro‘yxatga olish peshtaxtasida yoki eshik og‘asiga choychaqa qoldirib ketish mumkin.

Choychaqa miqdoriga kelsak: AQSHda har bir yuk xaltasi uchun bir dollar berish odatga aylangan. Agar hammol alohida yondashuv bilan vazifasini bajargan bo‘lsa yoki safar davomida sizga alohida e’tibor qaratishlarini istasangiz, 5 dollar berishingiz mumkin.

Melani Liberman – Travel + Leisure raqamli muharriri o‘rinbosari. Uning Twitter va Instagram’dagi sahifalariga obuna bo‘ling: @melanietaryn

Aloqador Maqolalar