Mehmonxona zamonaviy uslubda jihozlangan, qulay istiqomat uchun kerakli barcha vositalarga ega 283 ta xonani taklif etadi. Mehmonlar dam olishi va hordiq chiqarishlari uchun basseyn, tennis korti va go‘zallik saloni xizmat ko‘rsatadi.
Eng yuqori qavatda joylashgan restoranda panoramali manzaradan lazzatlanish, milliy oshxona taomlarini tatib ko‘rish mumkin.
Manzil: Ashxobod, Bitarap Turkmaniston shoh ko’chasi, 231-uy