Izlash

Qo‘qon – hunarmandchilik va an’analar olamiga yo‘lboshlovchi

2025-yilning 19-dan 21-sentabr kunlariga qadar Qo‘qon haqiqiy hunarmandchilik poytaxtiga aylandi. 71 ta davlatdan kelgan 300 dan ortiq ustalar III Xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etdilar.

Mehmonlar metallga ishlov berish, temirchilik, yog‘och o‘ymakorligi, ipakchilik, misgarlik va zarb san’ati ustalarining ishlari bilan tanishdilar. Rishtonda esa kulollar forumi bo‘lib o‘tdi, unda ustalar o‘z mahorat sirlari bilan bo‘lishdilar.

Festival doirasida noyob Hunarmandchilik muzeyi ochildi, unda festival ishtirokchilarning 600 dan ortiq ishlari namoyish etildi.

Ishtirokchilar uchun Farg‘ona viloyati bo‘ylab yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan maxsus xarita tayyorlandi. U xaritada hunarmandchilik ustaxonalari, muzeylar, tarixiy yodgorliklar, muqaddas maskanlar va dam olish uchun qulay go‘shalar belgilab qo‘yilgan.

Gastronomik ko’cha mehmonlar va ishtirokchilarga an’anaviy o‘zbek taomlaridan tortiq etdi. Tadbir dasturiga etnoturizm elementlari ham kiritildi: kamondan o‘q otish va milliy kurash musobaqalari, sirk va qo‘g‘irchoq teatrlarining namoyishlari o‘tkazildi.

Aloqador Maqolalar