Izlash

Qoraqalpog‘iston cho‘lini “Yonar” san’at festivali yoritadi

Nukusdan 200 km uzoqlikda joylashgan go‘zal Barsakelmes sho‘rxok vodiysi ijodkor mehmonlarni kutmoqda: bu yerda kuzning boshida noyob voqea – birinchi “Yonar” san’at festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival mehmonlari nafaqat tomoshabin, balki faol ishtirokchilarga aylanishadi. Ular an’anaviy o’tovlarda yoki chodirlarda yashaydi, elektr toki esa generatorlar yordamida ta’minlanadi. “Yonar” pul va savdodan butunlay xoli – bu festival qatnashchilari o‘zlari yashashlari va ijod qilishlari uchun barcha zarur sharoitlarni o‘z qo‘llari bilan yaratishini anglatadi.

Festival tashkilotchilarini ilhomlantirgan manba — Amerikaning mashhur “Burning Manfestivali, u har yili AQShning Nevada shtatidagi Blek Rok cho‘lida o‘tkaziladi. Ushbu tadbir sakkiz kun davom etib, uning davomida ishtirokchilar pul va tovarlardan voz kechadi, zavqli vaqt o‘tkazishadi. Xayr, kundalik hayot, salom ijod va o‘zini ifoda etishning har qanday ko‘rinishi! Yakunda esa yog‘ochdan yasalgan haykal yoqiladi. Bu ramziy lahza erkinlik, yangilanish va eskicha cheklovlardan voz kechishni anglatadi.

Shuning uchun Barsakelmes cho‘li bejiz tanlanmagan. Bu betakror tabiiy manzara – Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos Blek Rok cho‘li bo‘lib, mustaqil ijodiy hayot uchun ayni muddao. “Yonar”da aynan shu kabi avtonom ijodiy posyolka vujudga keladi.

Yana bir qiziqarli tafsilot: “Yonar”ning asoschilaridan biri – elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lgan – “Stixiya”. Tashkilotchilar festivalning asosiy natijasi sifatida beshta yirik installyatsiya – festival ishtirokchilari tomonidan yaratilgan san’at asarlarini va’da qilishmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu innovatsion turistik loyiha 2025-yil 11–13 sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Aloqador Maqolalar