Samarqand 3000 yildan ham uzoqroq tarixga ega bo‘lishi mumkin, deydi Samarqand Arxeologiya instituti olimi Muhammadjon Isomiddinov.
Bunday dadil xulosaga Ko‘ktepada yaqinda o‘tkazilgan o‘rganishlar sabab bo‘lgan. Olimlar yodgorlikni o‘rganish jarayonida Samarqandning shakllanishi eramizdan avvalgi XIV asrga borib taqaladi, degan xulosaga kelishgan.
Olimlar o‘rganish ishlarini joriy yil fevralida boshlashganiga qaramay, shu qisqa muddatda dadil farazni ilgari surishga muvaffaq bo‘lishdi. Arxeologik o‘rganishlar Ko‘ktepadan tashqari Afrosiyob va Ko‘ksaroy hududida ham olib borilmoqda.
Jarayon tafsilotlari hozircha sir tutilmoqda, yaqin kunlarda katta kashfiyotga guvoh bo‘lsak ajab emas.