Izlash

Sayohat – san’at sifatida

Travel + Leisure Markaziy Osiyoni dunyoga ochmoqda va uning mamlakat yo‘nalishlari haqida hikoya qilishni hamda marshrutlarni taklif etishni istaganlar uchun yagona turistik xaritaga birlashtirmoqda. Biz esa tanlashga yordam beramiz va sayohatlarga ilhom beramiz.

Sayohatlar turlicha bo‘ladi. Ba’zan – bir qarashda o‘tib ketuvchi, go‘yo shoshilib olingan tasodifiy sur’atdek. Ba’zan – “texnik”, ya’ni marshrut chek-listga aylanadi, shaharlar esa selfilar foniga. Ammo boshqa turlari ham bor: ular ichingizda qoladi, uyga qaytganingizdan keyin ham tugamaydi, balki shaxsiy tarixingizning bir qismiga aylanadi va dunyoga qarashingizni o‘zgartira boshlaydi.

Travel + Leisure deyarli 90 yildan buyon sayohatlarni bir nuqtadan boshqasiga oddiy ko‘chish emas, balki kashfiyotga aylantiruvchi tajribalar haqida so‘zlab kelmoqda. Yo‘nalishlar emas, balki ritm, tafsilotlar, madaniy kod muhim bo‘lgan safarlar haqida. Oshxona va arxitektura, tarix va dizayn, geografiya va hunarmandchilik birlashib, sun’iy tarzda qayta tiklab bo‘lmaydigan muhitni yaratadigan safarlar haqida. Ongli, sezgir va estetik sayohatlar haqida.

Bizni butun dunyoda millionlab odamlar o‘qiydi, ular uchun sayohat – bu hayotdan tanaffus emas, balki hayotning o‘zi, faqat boshqa ritm va boshqa joyda.

Bugun Markaziy Osiyo ham xuddi shunday ritmda – izlanayotgan, ochilayotgan, dadil. Mintaqa ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib bormoqda, yangi shakllarni sinab ko‘rmoqda, unutilganni qaytarmoqda, o‘ziga hayrat bilan boqmoqda. Va biz – Travel + Leisure – bu mintaqaga tayyor “retseptlar” bilan emas, balki yangi uchrashuv va taassurotlarga ochiq holda kirib kelmoqdamiz.

Travel + Leisure tarixi obyektiv bilan boshlangan. 1937 yilda Nyu-Yorkda U.S. Camera jurnalining ilk soni chiqdi. Bu jurnal sur’atlar haqida edi – davrning vizual manifesti.

Oradan o‘nlab yillar o‘tib, 1971 yilda Travel & Camera muhim qarorni qabul qildi: vizual til chegarasidan chiqish va sayohatni haqiqiy zavqqa aylantiradigan barcha narsalar haqida so‘zlash. Shunday qilib yangi nom – Travel + Leisure va yangi yondashuv paydo bo‘ldi: sayohatga yaxlit tajriba sifatida qarash, bunda har bir detal muhim – idish-tovoqdan tortib manzaragacha.

Hozirda Travel + Leisure brendi AQShning eng yirik nashriyotlaridan biri – sifatli kontenti bilan tanilgan Dotdash Meredith mediaguruhiga kiradi. Bu kompaniya People, Real Simple, InStyle va boshqa ko‘plab ta’sirli jurnallarni birlashtiradi. Dotdash Meredith qanoti ostida Travel + Leisure brendining ikkinchi nafasi ochildi – o‘z estetik uslubini saqlab qolgan holda, jurnal raqamli dunyodagi ishtirokini kuchaytirdi, global qamrovni kengaytirdi.

«Bizning o‘quvchilarimiz Travel + Leisurega murojaat qilishadi, chunki biz nafis sayohatchilar uchun asosiy ovozmiz. O‘z toifamizda yagona oylik nashr bo‘lishimiz bilan biz ularni sevimli kontentlari bilan xursand qilishda davom etamiz: eng hayratlanarli va ilhomlantiruvchi sayohatlar haqidagi materiallardan tortib, go‘zal va o‘yga soluvchi suratlargacha», – deydi jurnal bosh muharriri Jaklin Gifford.

Endi – Markaziy Osiyo

Va mana endi – Markaziy Osiyo. Xalqaro tilda aytilgan ichki ko’rinish.

Biz nafaqat megapolislarni, balki buvijonlarning retsepti bilan non yopiladigan kichkina qishloq va ovullarni ham ko‘rsatamiz. Ajoyib an’anaviy matolar to‘qiladigan ustaxonalar va yasemin hamda lavanda hidiga to‘la butik-mehmonxonalarni ham yoritamiz. Biz gastronomiyani yangi falsafa sifatida va tabiatni esa hurmat va g‘amxo‘rlikni talab qiladigan Olamning in’omi sifatida tasvirlaymiz. Chunki yerni hurmat qilmasdan chinakam sayohat qilib bo‘lmaydi.

Hurmat – biz qilayotgan ishning asosi. Mehmon va mezbonga, mahalliy odam va sayyohga, oshpaz va portyega, bozordagi non sotuvchisi va gidlarga, bortkuzatuvchi va yo‘ldoshlarga bo‘lgan hurmat. Biz ishonamiz: chinakam sayohat madaniyati ustunlikda emas, balki muloqotda quriladi. Muloqot esa o‘zaro hurmatsizlikda bo’lishi mumkin emas.

Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Markaziy Osiyo – bu dinamik hozirgi zamon: biz hunarmandchilik va yangi texnologiyalar haqida gapiramiz. Meros va dadil zamonaviy dizayn haqida. An’ana va tajriba haqida. Biz kontrastlardan qo‘rqmaymiz, chunki aynan ular chinakam chuqurlik yaratadi.

«Men butun umr yo‘lda bo‘ldim, – deydi Jaklin Gifford. – Va ishonch bilan ayta olamanki: sayohatlar meni bag‘rikengroq, sezgirroq inson qildi».

Va bizning tahririyat ham bu fikrga to‘liq qo‘shiladi. Biz Travel + Leisure Central Asiani ishga tushirdik, shunda bizning ovozimiz dadil, xotirjam va go‘zal eshitiladi – yo‘lga taklifdek.

Nega bizga ishonishadi

Brendga ishonch bir nechta narsalardan iborat: aniq va tekshirilgan faktlardan, hurmatli va halol ohangdan, uslubiy aniqlikdan va auditoriyani chuqur tushunishdan.

Markaziy Osiyoda hamma narsa shunga asoslanadi: biznes, mehmondo‘stlik, marshrutlar, munosabatlar, oshxona. Bu yerda tavsiyanoma hanuzgacha istalgan press-relizdan ko‘proq vaznga ega. Biz buni tushunamiz.

Shu sababli Travel + Leisure Central Asia ham yo‘ldagi yaxshi munosabatlar tamoyiliga qurilgan: ishonchlilik, e’tibor, hurmat. Har bir matnimiz ortida professional jamoa turadi. Nima haqida yozayotganini biladigan mualliflar. Mantiq va ritmni kuzatib boradigan muharrirlar. Mintaqaning estetik ruhini his qiladigan rassom va sur’atchilar. Har bir raqam, ism, detalni tekshiradigan faktchekerlar.

Bizni tasodifan o‘qishmaydi, biz buni qadrlaymiz. Bu tanlovdir. Chunki bilamiz: yaxshi maqola – yaxshi safarga o‘xshaydi. U tayyorgarlik talab qiladi, ammo uzoq esda qoladi.

«Sen Travel + Leisure kabi brend bilan ishlayotganingda, sening eng katta mas’uliyating – auditoriya oldida. Sen yaratgan barcha narsalar u haqiqatan ham nimani kutayotganini tushunishdan tug’ilishi kerak», – degan edi 2014–2018 yillarda jurnal bosh muharriri bo‘lgan Natan Lamp.

Biz maqolalarimiz bilan ishonch yaratamiz. Va bu ishonch, biz juda umid qilamiz, o’zaro bo’ladi.

Central Asia Best Awards: hurmatdan e’tirofgacha

Hamma mukofotlarni yaxshi ko‘radi. Kimdir – maqom uchun. Kimdir – sportga qiziqishdan. Kimdir esa har bir mukofotni shaxsiy marafonga aylantirib, jiddiy ravishda ularning ortidan quvadi. Dunyo turli mukofotlarga to‘la. Travel + Leisure World’s Best Awards – bu brend tarixining bir qismi, unga o‘n yilliklar davomida ishonib kelishadi. Bu mukofot obro‘larni shakllantiradi. Taassurotlar dunyosida yo‘nalishlar belgilaydi. Va uni qadrlashadi – chunki uning ortida ism, uslub va etika turibdi.

30 yildan ortiq vaqt davomida global World’s Best Awards mukofoti millionlab sayohatchilarga taassurotlar dunyosida yo‘nalish topishga yordam bermoqda. Reyting madaniy xarita vazifasini bajaradi: sayohatchilar nimani orzu qilmoqda, nima yangi mezonga aylanmoqda, kim hayratlantirishni va xotirada qolishni biladi.

T+L World’s Best Summit

Central Asia Best Awards – bu Travel + Leisure Central Asiadan birinchi shunday yirik miqyosdagi sayohat mukofotidir, u to‘liq Markaziy Osiyoga bag‘ishlangan. Biz ishonch xaritasini shakllantiramiz. Mehmonxona fasadlari, restoran menyulari va festival nomlari ortidan sayohatchilarni ushbu mintaqani kashf qilish va madaniyat hamda madaniyat tashuvchilari – mahalliy aholini ko’rishga olib keladigan marshrutdir.

«World’s Best Awards sifat mezonida xizmat qilishda davom etmoqda va sayohatchilarning safar rejalashtirishni barcha jihatlarida qaror qabul qilishida muhim rol o‘ynaydi», – deydi Jaklin Gilford.

Travel + Leisure Best Awards – bu o‘z mehmonxonasi, restorani, aviakompaniyasi, transfer xizmati va boshqa ko‘plab narsalari haqida mintaqaviy va xalqaro miqyosda gapirish imkoniyati. Hech qanday tashqi diktatsiyasiz, ekzotizatsiyasiz. Biz mehmondo‘stlik, gastronomiya, madaniy tashabbuslar, tabiiy yo‘nalishlar va individual marshrutlardagi eng yaxshi amaliyotlarni taqdirlaymiz.

Mukofot to‘rtta tematik blokni qamrab oladi:

– mehmondo‘stlik va yashash;

– gastronomiya va restoranlar;

– shaharlar va yo‘nalishlar;

– transport.

G‘oliblar rasmiy maqom va Winner of The Best Awards of Central Asia raqamli belgisini oladilar, shuningdek jurnal sonida nashr, ijtimoiy tarmoqlarda va xabarnomada yoritilish, gala-tantanada ishtirok etish va mukofot logotipidan marketingda foydalanish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Ovoz berish ikki bosqichda o‘tadi: avval tahririyat qisqa ro‘yxat tuzadi, so‘ngra o‘z fikrini o‘quvchilar (yakuniy baholashning 60 foizi) va ekspert hay’ati (40 foiz) bildiradi. Bu muvozanatni ta’minlaydi: mashhurlik va professionallik, hissiyot va ekspertiza. Ovoz berish platformasi – Travel + Leisure Central Asianing rasmiy sayti.

Finalchilar tahririy tekshiruvdan o‘tadilar: biz mehmonxona va restoranlarga shaxsan tashrif buyuramiz, estetika, xizmat darajasi, o‘ziga xoslikni baholaymiz. Asosiy nominatsiyalar bo‘yicha yashirin mehmon ishlaydi. Biz professional sur’at va videokontent yaratamiz, u nafaqat jurnal, Instagram va saytga joylashtiriladi, balki ishtirokchilarga ularning brendini targ‘ib qilish uchun ham beriladi.

Nomzodlar haqida ham jamoatchilik bilib oladi: ular sayt umumiy ro‘yxatida e’lon qilinadi, Instagram Stories’da tilga olinadi, tantanaga taklif etiladi, kengaytirilgan paketda esa xabarnomada, blogda ajratib ko‘rsatiladi va nominatsion sonning 1/4 sahifasi beriladi.

Biz shunchaki eng yaxshilarni tanlamaymiz – ular haqida ob’yektiv va eng muhimi – haqiqatni hikoya qilamiz.

Nega Central Asia Best Awards’da ishtirok etish kerak? Mukofot ishtirokchilarga nima beradi?

Central Asia Best Awards mukofoti – bu mintaqada zamonaviy turizm, gastronomiya va madaniyat industriyasi yuzini shakllantirayotganlar uchun kuchli targ‘ibot vositasidir.

Tanlovda ishtirok etish yangi ufqlarni ochadi: obro‘ning o‘sishidan tortib xalqaro auditoriyani jalb etishgacha. G‘oliblar diplom yoki haykalchadan ham ko‘proq narsani oladi – ular Markaziy Osiyodagi sifat standartlarini belgilovchi professional hamjamiyatning bir qismiga aylanadilar.

Ishtirokchilar uchun afzalliklar:

1.Obro‘ni mustahkamlash. Mukofot yuqori xizmat darajasi, did va g‘oyani tasdiqlaydi. Bu raqobatchilar orasida ajralib turish va xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati.

2. Rasmiy Digital Badge. G‘oliblar raqamli belgi oladi – e’tirof ramzi, uni saytga, e-mail imzosiga, ijtimoiy tarmoqlarga yoki Booking profiliga joylashtirish mumkin. Bu ishonchli tavsiyanoma sifatida ishlaydi.

3. Mediyaviy targ‘ibot. Eng yaxshi ishtirokchilar Travel + Leisure Central Asia materiallarida, raqamli platformalarda va premium auditoriyaga yuboriladigan xabarnomada taqdim etiladi.

4. Kontent va suratga olish. Tahririyat g‘oliblarga vizual kontent olish uchun tashriflar uyushtiradi. Bu targ‘ibot uchun tayyor professional materiallardir.

5. Savdo va trafik o‘sishi. Laureatlar ro‘yxatida bo‘lish – turistlar, turoperatorlar, investorlar va hamkorlar qiziqishini oshiradi.

6. Hamjamiyatga kirish. Mukofot sohaning eng kuchli o‘yinchilarini birlashtiradi. Bu tajriba almashish, tarmoq yaratish va kelajakdagi hamkorliklar maydonchasidir.

7.Travel + Leisure Central Asia qishki sonida nashr. G‘alaba qozongan taqdirda mukofot sohibi “Travel+Leisure Central Asia” jurnalining qishki sonida “Central Asia Best Awards” sovrindorlari haqidagi lavhada eʼlon qilinadi.

Bu mukofot kimlar uchun?

Mehmonxonalar va restoranlar, festivallar va hunarmandlar, turoperatorlar va startaplar, shuningdek shaharlar va yo‘nalishlar – turistik zonalar va marshrutlar, Markaziy Osiyoni yanada qiziqarli, chuqurroq va butun dunyo e’tiboriga loyiq qilayotgan gidlar uchun.

Keling, birgalikda sayohat madaniyatini quraylik

Travel + Leisure – bu auditoriyani inqirozlar orqali olib o‘tgan va sayohat mayog‘i bo‘lib qolgan brend. Biz tavsiyalar tizimini yaratamiz, u biznesning o‘sishiga yordam beradi va premium segmentdagi brendlarning taniqliligini oshiradi.

«Men jurnalni og‘ir davrlar – 11 sentyabrdan keyin va 2008 yil moliyaviy inqirozi davrida olib o‘tganimdan faxrlanaman. Uni saqlab qolish bilan birga yanada kuchli qila oldim», – degan edi Nensi Novogrod, 1993–2014 yillarda bosh muharrir.

Travel + Leisure va turoperatorlarning maqsadi bitta – sayohatni sodda va qulay qilish. Biz turizm sohasidagi eng yaxshi o‘yinchilarni hamkor sifatida ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.

Jurnal har oy rus va ingliz tillarida chiqadi. Uni quyida topishingiz mumkin:

– xalqaro aeroportlarning duty free zonalarida;

– biznes, CIP va VIP zallarida;

– Markaziy Osiyo yirik shaharlarining eng yaxshi mehmonxonalarida;

– sotuvda va onlayn.

«Biz – inklyuzivmiz. Ha, biz sayohatga premium tajriba prizmasidan qaraymiz, ammo shunga qaramay, kechasi $250 gacha bo‘lgan mehmonxonalarni ham sharhlarga qo‘shamiz. Biz ilhomlantirishni istaymiz, chetlashtirishni emas. Va, albatta, vizual – bizda u doimo hayratlanarli», – deya faxrlanib ta’kidlaydi Jaklin Gifford.

Biz sayohat qo‘llanmalari, tahririy sharhlar, maxsus sonlar va fokusli materiallar yaratamiz, ularni millionlab potensial mijozlar ko‘radi.

Travel + Leisure bilan hamkorlik – bu maqom, sifat belgisi va yangi mijozlar oqimi – ham mintaqa aholisi, ham uzoq xorijdan kelgan mehmonlar.

Aloqador Maqolalar