Izlash

Sodda va oddiy nazorat ro‘yxati bilan mukammal ta’tilga hozirlaning

Safar yo‘nalishi tanlandi, myehmonxona band qilindi, chiptalar sotib olindi. Endi jomadonlar yig‘ilsa bas. Ammo safarga aynan nimalarni olish kerak? Ushbu nazorat ro‘yxati hech narsani unutib qoldirmaslik va yo‘lda o‘zingizni ishonchli his qilishga yordam beradi.

Yuklarni hozirlash bo‘yicha tavsiyalar

Ob-havoni hisobga oling

Safarga otlanishdan avval tanlangan shahar yoki davlatdagi ob-havo bilan tanishib chiqing. Bu kiyimni to‘g‘ri tanlash hamda ortiqcha narsa olmaslikka yordam beradi.

Kiyimlarni yuvish imkoniyatini tekshiring

Ijaraga uy oladigan bo‘lsangiz, kir yuvish va quritish mashinalari bor-yo‘qligini aniqlashtiring. Mehmonxonada tursangiz, kir yuvish xizmatlarini surishtiring. Bu kamroq kiyim olish va safar davomida ulardan yuvib foydalanish imkoniyatini beradi.

Rang jihatdan o‘zaro mos kiyimlarni tanlang

O‘zaro yaxshi uyg‘unlashadigan kiyimlar oling. Shunda kamroq kiyimdan xilma-xil obrazlar yaratish mumkin bo‘ladi.

Yo‘lga chiqishdan avval ko‘zdan kechiring

Jomadonga solinadigan narsalarni bir joyga yig‘ing, so‘ng tanaffus qiling. Bir necha soatdan keyin qaytib, har bir buyumni qayta ko‘zdan kechiring: u sizga chindan ham kerakmi?

Topshiriladigan yukka nimalarni solish kerak?

Parvarish vositalari

Bazaviy jamlanmani yig‘ing: tish cho‘tkasi va pasta, tana va yuz uchun sovun, dezodorant, shampun va konditsioner, taroq, quyoshdan himoyalovchi krem, dekorativ kosmetika (xohishga ko‘ra). Turmak vositalaridan foydalanadigan bo‘lsangiz, ularni ham unutmang.

Dorilar

Retsept asosida ichiladigan dorilar va bazaviy vositalarni oling: og‘riq qoldiruvchi, boylam, sanitayzer, pinsep, spirt shimdirilgan salfetkalar. Hammasini alohida kichik xaltachaga soling.

Oyoq kiyim

Qanday vaziyatlarda bo‘lishingizni o‘ylab ko‘ring:

– Shahar bo‘ylab sayrlar uchun – qulay krossovkalar;

– Oqshomlar uchun – klassik oyoq kiyim;

– Tabiat qo‘ynidagi safarlar uchun – trekking botinkalari.

Faqat eng zarurlarini oling, chunki oyoq kiyim ko‘p joy oladi.

Paypoq

Har bir kun uchun bir juft paypoq. Joyni tejash uchun paypoqlarni poyabzal ichiga soling.

Ichki kiyim

“Zaxira”lab olishga hojat yo‘q. Safarning har bir kuni uchun bitta to‘plam kifoya.

Shim

Ob-havoga qarab ish tuting: iliq iqlim uchun yengil shim, salqin havo uchun jinsi to‘g‘ri keladi. 1-2 juft universal shim bo‘lsin.

Kalta ishton

Safar manzilida iqlim iliq bo‘lsa, hech bo‘lmaganda bitta kalta ishton oling.

Bayramona kiyim

Safar davomida kechki ovqat yoki tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lsa, bitta bayramona ust-bosh oling. Uni g‘ilofga soling yoki o‘zingiz bilan ko‘chma dazmol oling.

Futbolka

Iliq iqlim uchun universal futbolkalar. 2-3 dona bo‘lsa, yetarli.

Issiq kiyim

Sovuq o‘lkaga borayotgan bo‘lsangiz, sviter, hudi va termo ichkiyim oling. Paxtalik, qalpoq, bo‘yinboy va qo‘lqopni samolyotda kiyib olgan ma’qul, shunda joy tejaladi.

Poyjoma

Bir yoki ikkita to‘plam yetarli.

Cho‘milish kiyimi

Safar yo‘nalishi sohil, basseyn yoki SPAni o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, cho‘milish kiyimi va yopinchiq olish zarur.

Taqinchoqlar

Kiyimingizga mos taqinchoqlar oling. Qimmatbaho taqinchoqlar (masalan, nikoh uzugi)ni yo‘qotib qo‘yishdan xavotirlansangiz, o‘rniga arzonroq muqobil olish mumkin.

Qo‘l yukiga nimalarni solish kerak

Elektronika

Yo‘lda kerak bo‘ladigan narsalarni qo‘l yukiga soling:

– noutbuk (ish bilan ketayotgan bo‘lsangiz);

– telefon;

– planshet yoki elektron kitob;

– quvvatlagichlar.

Shoshilinch tibbiy yordam vositalari

Kamida ikki kunga yetarli dorilar zaxirasi oldingizda bo‘lsin. Ayniqsa, asosiy yuk ushlanib qolgan yoki yo‘qolgan holatda bu juda asqatadi.

Hujjatlar va shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma

Qo‘l ostingizda bo‘lsin:

– chipta ma’lumotlari (telefonda va bosma ko‘rinishda);

– yashash manzili;

– viza (talab etilsa);

– pasport va qo‘shimcha hujjat;

– bank kartasi va har ehtimolga qarshi biroz naqd pul.

Yuz uchun niqob

Niqob zaruriy emas, ammo safarda yoki manzilda kerak bo‘lishi mumkin.

Ko‘zoynak va kontakt linzalar

Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak, mutolaa uchun ko‘zoynak, bir juft zaxira kontakt linzalar – qulay g‘ilof ichida, qo‘l ostingizda bo‘lsin.

Yo‘lga chiqishdan avval qilinadigan ishlar

Bank yoki karta emitentini xabardor qiling

Safarga ketayotganingizni bank ilovasida ko‘rsatib qo‘ying yoki bankka qo‘ng‘iroq qilib, karta chegaradan tashqarida foydalanilganda bloklab qo‘ymasliklarini so‘rang.

Xorijda mobil aloqadan foydalanish shartlarini tekshiring

Safar vaqtida aloqa qanday ishlashini mobil aloqa operatoridan surishtiring. Roumingda qimmatga tushmaslik uchun xalqaro xizmatlar paketini yoqtirib oling.

Barcha bronlarni qayta tekshiring

Bronlar (aviachipta, mehmonxona, transfer, avto ijarasi) tasdiqlanganiga ishonch hosil qiling. Ma’lumotlarni telefonda ham, bosma ko‘rinishda ham saqlab oling.

Uyni tartibga keltiring

Yo‘lga otlanishdan avval chiqindilarni chiqarib tashlang, ayniqsa, sovitkichni tozalab oling. Buyumlar yuzasini arting, changyutkichda tozalang. Shunda safardan qaytganingizda sizni toza va sarishta uy kutib turadi.

Xavfsizlik tizimini sozlang yoki qo‘shnilarni ogohlantirib qo‘ying

Signalizatsiya tizimini yoqib qo‘ying. Bunday tizim bo‘lmasa, qo‘shningizga safarda bo‘lishingizni bildirib, uydan xabar olib turishini so‘rang. Vati-vaqti bilan xatlaringizni olib turishsa, nur ustiga a’lo nur.

Xatlar va gazetalar obunasini vaqtincha to‘xtating

Uzoq muddatga ketayotgan bo‘lsangiz, pochtaga murojaat qilib, xatlarni yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatishni so‘rang, shunda eshik oldida xatlar uyulib qolmaydi.

Eshik va garajlarni tekshiring

Hamma deraza va eshiklarni mahkamlang, davoza va garajni qulflang. Mashina ko‘chada qoladigan bo‘lsa, ustiga g‘ilof yoping – bu quyosh va chang ta’siridan himoyalaydi.

Aloqador Maqolalar