Sun Group ko’magida
Xalqaro Oshpazlar kuni munosabati bilan biz SUN Group sahnasining ortiga – har bir likopcha simfoniya kabi jaranglaydigan, har bir oshpaz esa retsept bo’yicha emas, ilhom bilan yaratuvchi bo’lgan holdingga nazar tashladik.
1. Ta’mning samimiyligi – xuddi Cucucina’dagi kabi
Agar Italiyani likopchada taqdim etish mumkin bo’lganida, u aynan Cucucina’dagidek ko’rinishda bo’lar edi. Bu yerda pastadan quyosh, pomidorlardan – bolalikning hidi keladi, har bir sous esa italyan ariyasi kabi jaranglaydi. Soddalikni san’atga aylantira oladigan inson, brend-oshpaz – Aleksey Besedin boshchiligida.
“Muhimi – murakkablashtirmaslik. Italiyancha oshxona – bu halollik va mahsulotga hurmat”, – deydi u.
Uning boshchiligidagi Cucucina oshxonasi – bu har bir oshpaz o’zining noyob kuyini ijro etadigan butun bir orkestrdir.
Yuriy Drugov, birinchi Cucucina restoranining bosh oshpazi – klassik yo’nalish virtuozidir. U tuzilma va iforlarni uyg’unlashtirib, taomlarga o’sha “Italiya ruhi”ni taqdim etadi. Uning rizottosi – xuddi qaymoq va oq sharob bilan chizilgan manzara, “Alfredo” pastasi esa – noziklik va mukammallik timsoli.
Ilnur Moldabayev, ikkinchi Cucucina restoranining bosh oshpazi, italyan falsafasiga xarakter va olovini qo’shimcha qiladi. U tuzilma va ta’mlar bilan jasorat ila o’ynab, klassikani zamonaviy gastronomik ilhom manbaiga aylantiradi: sous-vide usulida pishirilgan go’sht, sitrus va o’tli souslar, ilhom baxsh etuvchi yengil tajribalar

Surat: SUN Group
Aynan shu uchlik – Besedin, Drugov va Moldabayev tufayli Cucucina oddiy restoran emas, balki ta’m – hurmat, hissiyot va ehtirosdan yaratiladigan tirik organizmga aylandi. Bu yerda Italiya taqlid qilinmaydi – uni his qilishadi.
2. Sabr va energiya – Nurkanat Moldajanov san’ati
U xamir bilan tirik jonzotdek suhbatlashadi.
“Pitsa oshpazning kayfiyatini sezadi. Uni shoshirib bo’lmaydi, uni tinglash kerak”, – deydi Nurkanat Moldajanov.
U “Margaritа” pitsasini shunday mehr bilan pishiradiki, hatto qobig’i ham tabassumga o’xshaydi. Uning har bir kechasi – bu rayhon hidiga to’la muhit, quyoshdek porlayotgan pomidorlar va ayni paytida erib, mukammal ta’mni yaratadigan motsarella.
“Xamir – inson kabi. Agar unga vaqt bersang, u ochiladi”, – deya qo’shimcha qiladi Sun Group Asia pitsayolosi.
3. Ildizlarga hurmat – Andrey Sobolevning gruzin oshxonasidagi qalbi
Manana restoranida oshxona kuylaydi. Bu yerda «xinkali» taomi tog’ shamoliday shovullaydi, xachapurilar esa – baxt kabi cho’ziladi. Andrey Sobolev – gruzin gastronomiyasi ruhini asrab, mehmon bilan zamonaviy tilda so’zlasha oladigan oshpaz.
“Gruzin oshxonasi – bu shunchaki ovqat emas, bu odamlarni birlashtiradigan energiya”, – deydi u.
TKX restoranida u tayyorlagan har bir taom – kichik bir bayramga o’xshaydi, bu yerda olqishlar o’rnini mehmonlarning tabassumi egallaydi.

Surat: SUN Group
4. Estetika va ilhom – Cucucina restoranining bosh qandolatchisi Munisa Alievaning shirin falsafasi
Uning olamida barcha narsalar go’zallik bilan nafas oladi. Desertlar esa – bu xotirada saqlab qo’ygin keladigan his-tuyg’ulardir.
Uning maxsus deserti “Limonka” – bir lahzada sizni Amalfiga olib boradigan, yo’gurt va sitrusdan tayyorlangan quyoshli muss.
“Agar inson birinchi luqmasidan keyin jilmaysa – demak, hammasi muvaffaqiyatli chiqqan,” – deydi Munisa.
Tabiiylik, estetika va muhabbat – uning qandolatchilik falsafasining uch tayanchi.
5. Madaniyatlar uyg’unligi – oshpaz Ilya Kotyakovdan O’rta yer dengizi ruhi.
Nika restorani – O’rta yer dengizi ohanglari yangraydigan yunoncha ta’mlar simfoniyasi. Oshpaz Ilya Kotyakov sharqona saxovat va g’arbona yengillikni uyg’unlashtirib, dengiz, limon va yangi non hidiga to’la taomlar yaratadi.
“Taom – bu biz his-tuyg’ular haqida so‘zlaydigan til”, – deydi Ilya Kotyakov.
Nika restoranida hatto taom tortilishi ham – san’at: har bir chiziqda uyg’unlik, har bir iforda esa – tarix. Uning oshxonasi – bu barcha narsalar o’zgarayotgan dunyoda qalbni qanday saqlab qolish haqida.

Surat: SUN Group
Yurakdan tug’ilgan ta’m: SUN Group falsafasi
SUN Group – bu shunchaki restoranlar tarmog’i emas, balki xalqaro restoran tashabbuskori Aleksandr Orlov tomonidan yaratilgan ta’mning tirik ekotizimi. Xolding yangi Toshkentning gastronomik xaritasini izchil shakllantirib, shaharni mintaqaning eng yorqin pazandachilik poytaxtlaridan biriga aylantirmoqda.
SUN Group brendi ostida hozirda quyidagi restoranlar faoliyat yuritmoqda: Cucucina (ikkita restoran), Nika, Manana va TKX. Yil oxiriga borib ularga yangi loyiha – Salama qo’shiladi, u ham bu kollektsiyaning yana bir durdonasiga aylanishini va’da qilmoqda.
Bu yerda har bir restoran – shunchaki joy emas. Bu – ta’m tili orqali aytilgan alohida hikoya. Bu yerda hurmat bilan pishirishadi, ilhom ila tortiladi va taom orqali sevishadi. Har bir kechki ovqat esa kichik bayramga o’xshaydi, bu yerda iliqlik chiroqlardan emas, yuraklardan taraladi.
Va bugun, Xalqaro Oshpazlar kunida, ilhom bag’ishlaydigan, yaratadigan va bu shaharni yanada mazaliroq, go’zalroq va mehrliroq qilayotganlarning barchasiga rahmat demoqchimiz.