«Hazrati Imom» ansambli: bir maydonning tarixi

Bu yerda ekskursiya o‘tkazganimda doim shunday deyman: “Shoshilmaymiz.” Chunki bu maydon — masjidlar va maqbaralar majmuasi, Toshkent va umuman butun Markaziy Osiyo uchun muqaddas joylardan biri. Va qayerga qarashni bilsangiz, bu yerda hamma narsa “o‘qiladi”.