Lali restoranlar tarmog’i ko’magida
20-oktabrdan 9-noyabrgacha Novikov Group & Family Garden kulinariya alyansi tarkibidagi o’zbek taomlari tarmog’i – Lali restoranlari noyob gastronomik loyiha – “Palov festivali”ni taqdim etadi.
Keng ko’lamli tadbir bir vaqtning o’zida – Sochi, Qizil Polyana, Voronej va Toshkentdagi to’rtta Lali restoranida o’tkaziladi va u O’zbekiston oshxonasining san’atiga hamda uning eng muhim ramziga – YuNESKO nomoddiy madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan palovga bag’ishlangan haqiqiy pazandachilik san’atining madhiyasiga aylanadi.
Ta’m va an’analarga ehtirom
«Biz uchun palov – bu shunchaki ovqat emas. Bu madaniy kod, saxovat va birlashuv ramzi. Festivalimiz orqali biz o’zbek xalqining an’analariga va boy madaniyatiga hurmat bajo keltirishni, bu ajoyib taomning barcha xilma-xilligini ko’rsatishni istaymiz», – deydi Family Garden xoldingi asoschisi Yervand Galstyan. – «Biz O’zbekistonga mehmondo’stligi va Lali konsepsiyasining ilhom manbaiga aylangan ruhiyati uchun cheksiz minnatdormiz».
Mazali sayohat
Uch hafta davomida Lali restoranlarining mehmonlari O’zbekiston mintaqalari bo’ylab haqiqiy gastronomik sayohatga chiqib, milliy taomning an’analari, hidlari va tayyorlanish sirlarini kashf etish imkoniga ega bo’lishadi.
Bosh oshpaz Ruslan Italmazov va uning jamoasi Farg’onadan to Samarqandgacha, Andijondan to Xivagacha yetti xil an’anaviy palov turini tayyorladilar. Har bir retsept – ta’m, hid va xarakter orqali o’zining tarixi haqida so’zlaydi.
Yetti ta’m – yetti afsona

Surat: Lali restorani

Surat: Lali restorani

Surat: Lali restorani

Surat: Lali restorani

Surat: Lali restorani

Surat: Lali restorani

Surat: Lali restorani
Ta’m tarixga aylanadigan maskan
Har bir retsept – bu shunchaki taom emas, balki madaniy xotiraning bir bo’lagi. Bir dasturxon atrofida Sharq bozorlarinig iforlari, choyxona shovqini va avloddan-avlodga o’tib kelayotgan qadimiy an’analar uchrashadi.
Lali manzillari:
Lali | Sochi, Bestujev ko‘chasi, 1/1 (RK “Mandarin”)
Lali | Sochi, Qizil Polyana kurorti, Vremena goda ko’chasi, 3-uy
Lali | Voronej, Revolyutsiya shoh ko’chasi, 36/38
Lali | Toshkent, Yunusobod tumani, Qiyot dahasi, 57B