Tojikiston poytaxti Dushanbedagi Firdavsiy nomidagi madaniyat va dam olish bog‘ida oktyabr oyida eng mazali va to‘yimli festival bo‘lib o‘tadi. Bu — quyoshli yurtda o‘tkaziladigan eng asosiy tadbirlardan biri. Tojikistonning butun mazasini his qilish uchun bu yerga kelish shart!
Festivalda ishtirokchilar mehmonlarga milliy dasturxon tuzash madaniyati va oshpazlik san’atini namoyish etadilar. Ustoz oshpazlar Markaziy Osiyo xalqlari uchun bosh taom sanalgan oshning o‘nlab turlarini tayyorlab, barcha ishtiyoqmandlarni mehmon qiladilar.
Festival arafasida oshpazlar uxlamaydi — ular tunga yaqin bog‘ga kelib, soat tungi o‘n ikkida qozonlarni o‘rnatishga kirishishadi. Bog‘da olovlar yoqiladi, oshpazlar esa zarur mahsulotlarni to‘g‘rab, ertalabki palovni tayyorlashni boshlashadi. Ertalab soat 7:00 da palov ixlosmandlari bog‘ga kirib kelishadi.
Festivalga butun mamlakatdan eng pazanda oshpazlar kelishadi — ular kasbida eng zo‘r deb tan olinishga umid qilishadi. Mehmonlar esa o‘z ta’biga ko‘ra eng esda qoladigan palov muallifini tanlashadi.
Oshdan tashqari mehmonlar uchun turli musobaqalar ham o‘tkaziladi. Eng mashhuri — “eng yaxshi ovqatxo‘r” bellashuvi. Unda istalgan mehmon qatnashishi mumkin: sharti — yetti daqiqa ichida katta tovoqqa suzilgan oshni yeb tugatish.
Avvalgi festivallardan birida eng katta qozonda uch tonna palov tayyorlangan edi. Bu hali hammasi emas — yana 400 ta qozonda jami o‘n tonnadan ortiq palov pishirilgan.