Saytning ilk taqdimoti 28 oktyabr kuni Olmaota shahrida o‘tkazilib, brendning mintaqadagi raqamli maydondagi faoliyatini boshlab berdi.
Navbatdagi manzil Toshkent shahri bo‘ldi. 29 noyabr kuni bu yerda sayt va jurnalning to‘rtinchi soni taqdim etildi.

Surat: TLCA
Muhit samimiy va do‘stona edi: jonli muloqot, tabassumlar, aloqa almashinuvi va mintaqa dunyoga yuzlanib, muhim qadam qo‘yayotganini his etish mumkin edi.
Sayt butun dunyodan kelayotgan sayohatchilar uchun Markaziy Osiyoga “kirish eshigi”ga aylandi. Endi mintaqani uydan chiqmasdan kashf qilish mumkin — ilhom olish, yo‘nalishni tanlash yoki shunchaki uning ruhini his etish.

Surat: TLCA
urnalning to‘rtinchi soni «Tog‘lar» deb nomlandi. U o‘quvchini qorli cho‘qqilarga, chang‘i kurortlariga va cheksiz panoramalarga olib chiqadi, u yerda nigohlar ufqqa cho‘ziladi.
Yangi son qishgi ertak muhitini va sayohatlarni intiqlik bilan kutish tuyg‘usini yaratadi. Unda yangi yil ta’tili uchun g‘oyalar va panoramali oynalari bilan mashhur, yo‘lni sehrli qish manzaralariga aylantiradigan afsonaviy Glacier Express poyezdi haqidagi hikoya taqdim etilgan.

Surat: TLCA
Ammo asosiy e’tibor faqat mazmunga emas, balki voqeaning o‘ziga xos kayfiyatiga qaratildi. Travel + Leisure Central Asia jamoasi — bu shunchaki jurnal yaratmay, balki mintaqaning tasavvurini shakllantirayotgan insonlardir.
Barchasi — saytning konsepsiyasidan boshlab, jurnalning har bir materialigacha — Markaziy Osiyoga bo‘lgan muhabbat va tafsilotlarga bo‘lgan e’tibor bilan tayyorlangan.