Ushbu media platforma Markaziy Osiyoni jahon turizm xaritasiga olib chiqadi va xalqaro auditoriyani mintaqaning boy sayohat yo‘nalishlari bilan tanishtiradi.
Yangi sayt – bu Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohatlar haqidagi zamonaviy platforma bo‘lib, unda ilhom, uslub, madaniyat va noyob yo‘nalishlarlar birlashadi. Endi brendning o‘zining raqamli “uy”i bor – unga dunyoning istalgan nuqtasidan kirish mumkin.
Taqdimot Travel + Leisure Central Asia ruhini aks ettiruvchi ilk videorolik bilan boshlandi: unda mintaqaning dinamik ritmini, o‘ziga xosligini, estetik go‘zalligini va hali kashf etilmagan yo‘nalishlarini namoyon etdi.
Shundan so‘ng sahnaga loyiha bosh muharriri Barno Ikramova chiqdi. U ushbu kunning jamoa va butun loyiha uchun qanchalik muhim va kutilgan sana ekanini ta’kidladi:
“Bugun biz uzoq kutgan kunga yetib keldik – bu Travel + Leisure Central Asia saytining ishga tushirilish kuni. Biz ishni boshlaganimizda, bu biroz g‘ayrioddiy va mashaqqatli tuyulgan edi: bitta brend ostida beshta mamlakatni birlashtirish, ularning tarixini, madaniyatini, insonlarini bir joyga to‘plash va ularning ovozini bir ohangda yangratish – bu oson vazifa emas edi. Ammo, nazarimda, biz bunga erishdik. Biz yangi bobni ochmoqdamiz – bu jurnalning onlayn-versiyasi, u ham xuddi bosma sahifalar kabi yashaydi, yangilanadi va ilhom baxsh etadi”.

Dastur davomida Travel + Leisure Central Asia’ning Qozog‘istondagi vakillari – Saphat Abdrahmanov va Janna Ilicheva so‘zga chiqishdi. Ular ushbu loyihani mintaqaning turistik imidji va xalqaro aloqalarining rivoji uchun naqadar muhimligini ta’kidladilar.

Taqdimotning eng hayajonli lahzasi ekranda paydo bo‘lgan vaqtnining orqaga sanalishi bo‘ldi. Barcha mehmonlar birgalikda so‘nggi soniyalarni sanashdi – va taymer 00:00 ni ko‘rsatganida, Travel + Leisure Central Asia sayti rasman ishga tushirildi. Zalda qarsaklar va kameralarning chaqnashi yangradi – bu loyihaning yangi raqamli davrining boshlanishi edi.

Tadbir mehmonlari orasida turizm sohasi va ijodiy jamoa vakillari – ya’ni Markaziy Osiyoda sayohat, madaniyat va mehmondo‘stlikni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan insonlar bor edi. Uchrashuv muhitining o‘zi yangi g‘oyalar va kelajakdagi hamkorliklar uchun ilhom manbai bo‘ldi.



Alohida qiziqish uyg‘otgan jihatlardan biri bu – Travel + Leisure Central Asia hamkorlari tomonidan o‘tkazilgan sovg‘alar o‘yini bo‘ldi. Mehmonlar quyidagi mehmonxonalarda yashash yutug‘ini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldilar:
- Silk Road by Minyoun
- Hilton Samarkand Regency
- Panarams Tashkent
- Wyndham Bukhara
- InterContinental Tashkent
- Arda Oasis
- Zahid Inn Tashkent
- Amirsoy Resort
Shuningdek, mehmonlarga Qozog‘istonning oilaviy brendi – BBSR tomonidan taqdim etilgan tabiiy ipakdan tayyorlangan dizaynerlik ro‘mollari sovg‘a qilindi. Ularni brend asoschilari – Altinay va Dias Murzabekovlarning o‘zlari topshirdilar.
Bundan tashqari, sayt va nashrning ijtimoiy tarmoqlarida reklama joylashtirish uchun vaucherlar ham o‘ynaldi.
Tadbirning musiqiy qismini Premium Band guruhi ta’minladi, boshlovchi Arslan Jumaev esa tadbirning jo‘shqin sur’atini saqlab, erkin va samimiy muloqot muhitini yaratdi. Fotoburchak va furshet esa tadbirni ilhomlantiruvchi ohangda – katta sayohat boshlanishi tuyg‘usi bilan yakunladi.



Travel + Leisure Central Asia nashrining raqamli versiyasi ishga tushirilishi mintaqaviy turizm rivojida muhim qadam bo‘ldi. Yangi digital-platforma Markaziy Osiyoni xalqaro auditoriyaga yaqinlashtirib, uni yorqin, zamonaviy va uslubli sayohat yo‘nalishi sifatida namoyon etadi.