Izlash

Travel + Leisure Central Asia ning kuzgi sonida nimalarni o’qish mumkin

Travel + Leisure Central Asia ning yangi kuzgi sonini o’qing – ilhomlaning, kashf eting va sayohatlaringizni yangicha tarzda rejalashtiring.
"Blue Room" — an installation by artist Abdulvahid Bukhoriy and craftsman Jurabek Siddikov, created for the Bukhara Biennale. Photo by Vladimir Murudov

Bosh muharrirning xati

Barno Ikromova jurnalning yangi sonini ilhom va kashfiyotlar haqidagi mulohazalar bilan ochadi – ularning barchasi qiziqishdan boshlanadi va mintaqaning eng kutilmagan joylariga olib boradi.

To’liq o’qish:

Biz barchamiz xotiramizda uzoq saqlanib qoladigan manzaralarni izlaymiz. Biz joy bilan bog’lanib qoladigan ta’mlarni izlaymiz. Biz sayohatni unutilmas qiladigan tuyg’ularni izlaymiz. Men Chimbuloqda 3 200 metr balandlikka chiqqanimda, u yerda bunchalik shinam kottejlarni ko’raman deb o’ylamagandim. Ulkan panoramali derazalari orqali qorli cho’qqilar ko‘rinib turadigan Tenir tog’ kurortidagi uylarchalar – go’yo yangi turmush qurganlarga asal oyi uchun atay yaratilgandek. Yolg’izlik, go’zallik va osoyishtalik. Keyin esa xuddi Olam mening fikrlarimni o’qigandek, Instagram lentamda Markaziy Osiyoning eng go’zal manzaralari paydo bo’la boshladi – Pomir, Issiqko’l, Amirsoy.

Men turmushga chiqayotgan paytimda, asal oyi safarlari hali urfda emas edi. Ammo yigirma yil o’tib qizim to’yiga tayyorgarlik ko’rganida, asal oyi – eng muhim bandlardan biriga aylandi. Biz turmsh o’rtog’im bilan faqatgina bitta romantik safar borishga ulgurdik – Sankt-Peterburgga. Oq tunlar, ochiladigan ko’priklar – bu nihoyatda go’zal edi. Ammo keyinchalik biz beshta farzandning ota-onasiga aylandik va barcha sayohatlarimiz shovqinli, g’ala-g’ovurli, g’amxo’rlikka to’la oilaviy safarlarga aylandi. Shunga qaramay, bir kun kelib men chamadonimni yig’ib, turmush o’rtog’im bilan o’zimizning asal oyimizga – faqat ikkalamiz parvoz qilishni hanuz orzu qilaman.

Mening sayohatlarimdan

Xiva va Urganchda menda o’zimga xos bir odat bor: albatta tuxumbarak, shivit-osh va qovurilgan baliqni ta’tib ko’rish. Bu safar men nafaqat bu “bandlarning” barchasini bajardim, balki festivalda o’nlab turdagi shirin qovunlarni ham ta’tib ko‘rdim. Olmaotada ham menda o’z gastronomik ro’yxatim bor: beshbarmoq va bo‘g’irsoqlar. Men ularni birdan ikkita joyda ta’tib ko’rdim – Ayul va Jinau restoranlarida. Medeoga borayotgan paytda yo’lda men Mountain Queen Resort’ga kirib o’tdim va u yerdagi nok bilan pishirilgan o‘rdak taomidan hayratda qoldim, Manane restoranida esa xinkali’ni ta’ib ko‘rdim. Joyni ko’zdan kechirar ekanman, “Bu yerda nechta mehmon uchun to’y o’tkazish mumkin ekan?” deb o’yladim.

“Kazmyaso” restoranida go’shtli taomlar assortisi Surat: Barno Ikromova

Olmaotada men Resident tarmog‘iga mansub yangi mehmonxona – Abay Hotel’da to‘xtadim. Mehmonxona tomida esa tantanalar uchun ajoyib joy – ochiq terrasa mavjud. Hatto o’ninchi qavatdagi xonamdan ham ajoyib manzara ko’rinar edi: bir tomonda – shahar, ikkinchi tomonda – tog‘lar. Instagram’da menga Svetlana Xaninaeva (Svetlana Khaninaeva) yozdi: “Barno, Olmaotaga kelganingizda albatta biznikiga ham tashrif buyuring!”. Abilayxon ko’chasidagi Platforma fudmarketida uning kichik go’sht restorani «Kazmyaso» (halol go’sht – o’zlarining podasidan yetkazib beriladi) joylashgan. Men o’zimni “Julie & Julia: Retsept bo’yicha baxt tayyorlaymiz” filmidagi Juliyaga o’xshab his qildim.

Shuncha mazali steyklar, tartarlar, pashtetlar va medalonlarni anchadan beri hammasini baravar ta’tib ko‘rmagan edim. Mening safarlarim nafaqat yangi taassurotlar bilan, balki ta’mlarning boyligi bilan ham to’la – sayohat qilish bu juda mazali.



DISCOVERIES

Almaty Museum of Arts – Jahon san’ati uyi

Olmaotada Markaziy Osiyodagi birinchi xususiy zamonaviy san’at muzeyi ochildi. Tadbirkor va kolleksioner tomonidan yaratilgan ushbu yangi madaniy markaz allaqachon butun dunyo san’at ixlosmandlari uchun “jalb etuvchi nuqta” deb atala boshlangan.

Kataloniyalik haykaltarosh Jaume Plensaning 12 metrli “Nades” haykali Surat: Aleksey Naroditskiy

Arda Khiva

Xiva yaqinidagi unumdor bo’lmagan sho’rxok yerlar o’zgarib bormoqda: Govuk ko’li sohilida port shahri va “yangi Venetsiya” barpo etilib, mintaqaning qayta tiklanish ramziga aylandi.

Qush parvozi balandligidagi Shahar manzarasi Surat: O’zbekTurizm

Chopon ichidagi tarix

Nazira Abdurahmonova muzeyida nafaqat Qo’qon xonlarining choponlarini ko’rish, balki tarixni – uning sir-sinoatlari, dramasi va sharqona madaniyat jilosini – bevosita his qilishingiz ham mumkin.

Choponlar qayta ishlash – recycle va upcycle – texnikalarida vintage matolardan yaratiladi.
Surat: Choponlar muzeyi @lamaisondutchapan

EXPERIENCES

Romanovlar saroyining qayta tiklanishi

Qadimiy saroy fasadi ortida knyaz hayoti, rasmlar galereyasi va noyob bezaklar muzeyining tarixi yashiringan. Toshkent markazidagi Romanovlar saroyi yana qanday sirlarni o’z bag’rida saqlaydi?

Knyaz Romanovning saroyi Surat: Ernest Kurtveliyev

INTELLIGENT TRAVELER

Va palov haqida

Sharqning bosh taomiga – klassik usullardan tortib, kutilmagan talqinlargacha bag’ishlangan madh. Sayohat qo’llanmalarida topib bo’lmaydigan hikoyalar va sirlar.

Buxoro palovi “Osh sofi” Surat: Aleksandr Borisov

FEATURES

Biennale: “Singan yuraklar uchun resept”

Buxoro – san’at maydoniga aylanmoqda, bu yerda butun dunyo rassomlari shifo va baxt tili orqali so’zlaydi.

“Shamol olib ketgan tuz” – hind rassomi Subodh Gupta va o’zbek kuloli Baxtiyor Nazirov tomonidan yaratilgan emallangan idishlardan yasalgan installyatsiya. Surat: Andrey Arakelyan

Qumlardagi o‘zgarishlar

Omonning qadimiy ibodatxonalari, daralar va qal’alari – odatiy yo’nalishlardan ko’ra tashqaridagi sayohatlarni izlaydiganlar uchun.

Six Senses Zighy Bay kurortining hovuzi Surat: Kris Uolles

WEDDINGS

Dubaydagi to‘y

Qumlar, hashamat va cheksiz ufqlar – nega Dubay mukammal to’ylarning jahon poytaxtiga aylangani bejiz emas.

Dubai Creek Harbour Surat: Visit Dubai

Aloqador Maqolalar