Tashkilotchilar mehmonlar uchun rang-barang hodisalarga boy yorqin miksni hozirlab qo‘yishgan. Tadbirning asosiy qismida Zarafshon tog‘lari uzra ochiq osmonda aerostatlarning mutassir etuvchi parvozlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, motodrift shou va ot poygalari ham o‘tkaziladi.
Festival doirasida konsert, dijeylar va milliy folklor ansambllarining chiqishlari, milliy liboslar ko‘rgazmalari hamda turli badiiy ekspozitsiyalar bo‘lib o‘tadi. Jajji mehmonlar uchun qiziqarli attraksionlar ham hozirlanmoqda.
Festival davmomida milliy o‘yinlar bo‘yicha tanlovlar hamda gastronomik marafonlar o‘tkaziladi. Barcha mehmonlar tatib ko‘rishi mumkin bo‘lgan 75 metrli lavashning tayyorlanishi bayramning avj nuqtasi bo‘lishi kutilmoqda.