Izlash

Kopetdag osmonining yulduzli bag‘rida: Ýyldyz mehmonxonasi

Aeroportdan mashinada 20 daqiqada yetib olish mumkin bo‘lgan mehmonxona Kopetdag‘ tog‘lari etagida joylashgan.

Mehmonxona 155 ta xona, jumladan, panoramali manzaraga ega prezident xonalari, lyuks va standart toifadagi xonalarni taqdim etadi.

Restoranlar, anjumanlar zallari, tantanalar maydonchalari mavjud. SPA-markaz, fitnes zal, ochiq va yopiq basseyn ham mehmonlar xizmatiga shay.

18-qavatda joylashgan restoranda milliy va yevropacha taomlardan bahramand bo‘lish bilan birga shahar manzarasidan zavqlanish mumkin.

Remote Lands jamoasi tomonidan sinovdan o‘tkazilib, mintaqadagi eng yaxshi mehmonxona sifatida e’tirof etilgan.

Aloqador Maqolalar