Soya ko‘li: quyosh deyarli yashamaydigan maskan

Nejigon qishlog‘idan yuqoriga qarab ilonizi yo‘ldan ko‘tarilayotganimizda men doim: “Orqaga qaranglar”, – deyman. Shu nuqtadan pastdagi ko‘l go‘yo tosh kaftda siqilgan shisha ko‘zga o‘xshaydi. Ammo sal narida tabiat yana bir mo’jizasini ochadi. Uning nomi — Soya. Ko‘l qoyalar soyasida shunday joylashganki, uning sathida quyosh nuri deyarli ushlanib qolmaydi. Hatto yozning jazirama peshinida ham uning suvi […]